Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti yaqinidagi ko‘cha o‘rtasida qoldirib ketilgan Matiz avtomobili suratini tarmoqqa chiqardi.
Suratda Matiz’ni yo‘lning o‘rtasidagi qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratuvchi chiziq ustida to‘xtatib, qoldirib ketilgani ko‘rinib turadi. Ushbu holatga izoh berganlarning aksariyati kinoya va hazil bilan haydovchini avtomobilni to‘xtatishni bilmaslikda ayblab tanqid qilgan. Shuningdek, ushbu hududda bunday holatlar tez-tez uchrab turishi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida (1 076 350 so‘m), transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi esa eng kam ish haqining uch baravari miqdorida (322 905 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)