6-yanvar kuni Qozog‘istonning Olma-Ota shahri o‘zida 2022-yilgi Qishki olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun rasmiy ariza berdi. Hozirgi paytda bu nufuzli musobaqalarni o‘tkazish uchun yana bitta ariza Pekin shahri tomonidan berilgan, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Ikkala shahar ham Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkaza olishi bo‘yicha moliyaviy va qurilish kafolatlari haqida hujjatlarni topshirgan.
Yana to‘rtta da’vogar shahar — Oslo, Stokgolm, Krakov va Lvov katta xarajat tufayli o‘z nomzodlarini qaytarib olganini ma’lum qilgan. 2022-yilgi Qishki olimpiadaga mezbonlik qiluvchi shahar nomi 31-iyul kuni ma’lum qilinadi.
Izoh (0)