Parijdagi Charlie Hebdo gazetasining tahriryatiga uyushtirilgan teraktdan keyin Fransiyaning turli shaharlaridagi bir nechta masjid hujumga duchor bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ouest-France gazetasining ma’lum qilishicha, Le-Man shahridagi Sablon masjidiga uchta granata uloqtirib ketilgan. Granatalarning faqat bittasi portlagan, hech kimga zarar yetmagan. Hozirda masjid binosi politsiyachilar tomonidan o‘rab olingan.
O‘rtayer dengizi sohilidagi Por-la-Nuvel shahrida jinoyatchilar to;pponchadan namozxonani o‘qqa tutgan. Qayd etilishicha, bu vaqtda ichkarida hech kim bo‘lmagan.
Mamlakat sharqidagi Vilfransh-syur-Son shahridagi masjid yaqinida joylashgan restoranda portlash sodir bo‘lgan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q, shuningdek portlash sabablari ham ma’lum emas.
Parij yaqinida joylashgan Monruj shahrida politsiya patruli o‘qqa tutilishi natijasida ikki nafar politsiyachi jarohat olgan, ulardan biri keyinroq halok bo‘lgan. Ushbu otishmada qatnashgan 52 yoshli erkak hibsga olgan. Avtomatik quroldan o‘q otgan jinoyatchi yashirinishga ulgurgan.
Fransiya rasmiylari ushbu voqealarning Parijdagi terakt bilan bog‘liqligi borligi to‘g‘risida ma’lum qilmagan.
Izoh (0)