Namangan tumani markazi — Toshbuloq shaharchasidagi bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Prezident Islom Karumovning 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, xususan, san’at yo‘nalishida o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.
“150 o‘ringa mo‘ljallangan san’at maktabida iqtidorli yoshlarning o‘zlari qiziqqan yo‘nalish bo‘yicha qobiliyatini o‘stirishi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish uchun barcha sharoit muhayyo, — dedi bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Uchqunbek Tojiboyev. — 200 o‘rinli konsert zali yoshlarda sahna madaniyatini shakllantirish bilan birga, o‘quvchi va o‘qituvchilarning hisobot konsertlarini o‘tkazish, tuman miqyosida yosh ijrochilar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar, bayram tadbirlarini tashkil etishga xizmat qiladi”.
Izoh (0)