Yangi Zelandiyaning Shimoliy orolida joylashgan Taupo ko‘li ustida Skydive Taupo aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Sun Herald.
Samolyot bortida olti nafar ekipaj a’zosi, olti nafar yo‘lovchi va havo kemasi kapitani bo‘lgan. Layner qulashni boshlagach ekipaj a’zolari yo‘lovchilarni parashyutlar bilan ta’minlagan. Har bir yo‘lovchi bir nafar ekipaj a’zosi bilan birgalikda sakragan.
So‘nggi juftlik samolyot ko‘lga qulab tushishidan bir necha soniya oldin sakrashga ulgurgan. Uchuvchi ham o‘zi samolyotdan sakrab, qirg‘oqqa suzib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Barcha 13 nafar kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va ularda jiddiy jarohatlar aniqlanmagan.
Izoh (0)