Buyuk Britaniyaning Gastings shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Hastings Masters turniri yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik yosh grossmeyster Jahongir Vohidov (2502) 9 ta tur yakuni bo‘yicha 6,5 ochko to‘pladi va yakunda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 8-o‘rinni egalladi. Beshinchi pog‘onadan joy olgan isroillik grossmeyster Maksim Rodshteyn (2676) hisobida ham 6,5 ochko bor.
Vohidov so‘nggi turda mezbon shaxmatchi Ezra Kirk (2308) bilan hisob-kitob qildi va raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Musobaqa g‘olibligi 8 ochko to‘plagan xitoylik Jao Jun (2585)ga nasib etdi. Bundan avvalgi turda Jahongir aynan Jaoga imkoniyatni boy bergan edi. Agar Jahongir o‘sha bahsda raqibini taslim etganida, Gastings turniri g‘olibiga aylangan bo‘lardi.
Izoh (0)