Air Asia Indonesia aviakompaniyasi boshlig‘i Sunu Vidyatmoko 28-dekabr kuni Yava dengiziga qulab tushgan Airbus 320-200 samolyoti bortida bo‘lganlarning oila a’zolariga qariyb 100 ming dollardan tovon puli berilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal axborotiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Biroz oldinroq, Air Asia aviakompaniyasi halokat qurbonlarining oilalariga 24 ming dollardan tovon puli to‘lanishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)