“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 2600 nafardan ortiq nikohlanuvchi shaxslar tibbiy ko'rikdan o‘tkazildi. Bu haqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi xabar qildi.
Ularning bir nechtasida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati yuzasidan mahallalarda mutasaddilar tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Dasturda belgilanganidek, to‘y marosimlarida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada, 70 ga yaqin beshik to‘yi, sunnat to‘yi va boshqa bir qator marosimlarning oila davrasida o‘tkazilishiga erishildi.
Izoh (0)