“Barselona”ning afsonaviy himoyachisi Karles Puyol ham Andoni Subisarreta ketidan klubni tark etishga qaror qildi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar berdi.
2014-yil yozida faoliyatini yakunlagan 36 yoshli Puyol kataloniyaliklar sport direktori Subisarretaning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
“‘Barselona’ bilan hamkorlikni to‘xtatishimni e’lon qilaman. Shu uch yarim oy ichida ko‘p narsani o‘rgandim, buning uchun klubga minnatdorchilik bildiraman, ammo endi boshqa ish bilan shug‘ullanmoqchiman. Kelajakda klubga qaytish uchun professional va insoniylik nuqtai nazaridan rivojlanmoqchiman”, − deb yozadi Puyol Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Izoh (0)