Saudiya Arabistoni Podshohligining “Al Hidoya” xalqaro kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi huzuridаgi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitа.
Tashrif davomida “Al Hidoya” xalqaro kompaniyasi mutasaddilari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yig‘ilishda 2015-yil bahor va Ramazon mavsumlarida Makka va Madina shaharlarida o‘zbekistonlik umra ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra “Umra−2015” mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarning soni va Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga namunali xizmat ko‘rsatish alohida belgilab qo‘yildi. Shartnomaga muvofiq, ziyoratchilarimiz Madina shahrida “Ajniha at-Toyyiba” va Makka shahrida “Nama Mavadda” mehmonxonalarida istiqomat qiladilar.
“Umra−2015” bahor mavsumining dastlabki ziyorati 2015-yilning 9-fevralidan boshlanishi ta’kidlandi.
Izoh (0)