Janubiy Koreya Mudofaa vazirligining 2014-yil uchun “Oq kitobi”da KXDR yadroviy qurol hajmini AQShning qit’a qismiga yetib borish imkoniga ega bo‘lgan ballistik raketalarga o‘rnatish uchun kichraytirish texnologiyalari borasida “sezilarli natijalarga” erishdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mudofaa kitobining avvalgi nashrida faqatgina 2006 va 2009-yillarda Shimoliy Koreyada ikkita yadroviy sinov o‘tkazilgani ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda birinchi marotaba ushbu mamlakatda yadroviy qurol yaratish dasturining texnologik tahlili keltirilmoqda.
“Baholashlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya ishlatilgan yadroviy yonilg‘isini ko‘p marotaba qayta generatsiya qilish orqali 40 kilogramm qurol plutoniyi to‘plashga erishgan. Hozirda mamlakatda yuqori darajada to‘yintirilgan uran ishlab chiqarish dasturi amalga oshirilmoqda”, − deyiladi hujjatda.
Pxenyan faol tarzda uzoq masofalarga qo‘llaniluvchi raketalarni yaratish ustida ish olib borayotgan bo‘lsa-da, hozircha ularning Koreya xalq armiyasi tomonidan foydalanilgani bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
Shimoliy Koreya xalq armiyasiga zirhlangan texnika, raketani ishga tushirish moslamalari va jangovar kemalar yetkazib berish hajmini doimiy tarzda oshirishda davom etgan. Shuningdek, ikki yilda bir marta chop etiladigan “Oq kitob”da ta’kidlanishicha, bu yerda suv osti kemalarining yangi turi qurilayotgan bo‘lib, ulardan biri ballistik raketalarni ishga tushirish uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)