Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining bir guruh harbiy xizmatchilari uchun yangi uylar qurilib, foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, huquq-tartibot organlari xodimlari, mahalla faollari ishtirok etdi.
Prezident rahnamoligida O‘zbekiston mudofaa qudratini mustahkamlash, mamlakatdagi osoyishtalik, sarhadlar daxlsizligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarga yetarli sharoit yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Harbiylarni mustahkam ijtimoiy himoya qilish tizimi yaratilib, barcha qulayliklarga ega zamonaviy, shinam uy-joylar bilan ta’minlash va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2014-yilda ham ko‘plab harbiy xizmatchilar zamonaviy uylarga ega bo‘ldi. 24 oilaga mo‘ljallangan mazkur zamonaviy uy ham ana shu ezgu ishlarning uzviy davomidir.
Yangi uyda harbiylarning oila a’zolari uchun barcha sharoit yaratilgan.
Izoh (0)