5-yanvar kuni Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo‘yicha Qatar Exxonmobil Open 2015 musobaqasining asosiy to‘r bahslari boshlandi. Mukofot jamg‘armasi 1 mln. 221 ming 320 AQSh dollarini tashkil qiluvchi mazkur turnirda hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi juftlik bahslaridagi ishtirokini muddatidan avval yakunlashga majbur bo‘ldi. Istomin bir soat-u 31 daqiqa davom etgan nimchorak final uchrashuvida rossiyalik Mixail Yujniy bilan birga ruminiyalik Florian Mergea va britaniyalik Dominik Inglot juftligiga 4:6, 7:6, tay-brekda esa 6:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni o‘zbekistonlik tennischi yakkalik bahslarining ilk davrasida dunyoning yettinchi, ushbu turnirning esa uchinchi raketkasi, chexiyalik Tomash Berdixga qarshi kortga tushadi.
Izoh (0)