Asus kompaniyasi Las-Vegasda matbuot anjumani o‘tkazdi va CES 2015 ko‘rgazmasi doirasida beshta yangi qurilma — uchta transformer-noutbuk va ikkita yangi smartfon taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.ru”ga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Transformer Book Chi T300, Transformer Book Chi T100 va Transformer Book Chi T90 transformer-noutbuklarining ekranlari diagonali mos ravishda 12.5, 10.1 va 8.9 dyuymga teng. Asus kompaniyasi rahbari Jonni Shining so‘zlariga ko‘ra, bu o‘z tasnifidagi eng ingichka noutbuklardir. Transformer Book Chi’ning qalinligi 1,65 santimetrni tashkil etadi.
Noutbuklardan tashqari, matbuot anjumanida ikkita yangi smartfon ham namoyish etildi. Birinchisi 4 gigabayt operativ xotiraga ega jahondagi ilk smartfon — Zenfone 2 bo‘lsa, ikkinchisi uch karra optik zumga ega bo‘lgan Zenfone Zoom mobil qurilmasidir.
Xabar berilishicha, Zenfone 2 AQShda 199 dollardan, Zenfone Zoom esa 399 dollardan sotiladi.
Izoh (0)