Ummon sultoni Qobus Toshkentdagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi qurilishi uchun 15 million dollar miqdorida grant ajratdi. Bu haqda UzReport’ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ummonning O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Said Muhammad al-Lavatiyning so‘zlariga ko‘ra, kutubxona qurilishi ishlari 2015-yildan boshlanadi.
“Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarning faol rivojlanishiga turtki beradi”, – dedi elchi.
Ma’lumot uchun, Ummon tomonining moliyaviy ko‘magi hisobidan Toshkentda Sharqshunoslik institutining kutubxonasi binosi qurilishi loyihasi ishlab chiqilayotgani haqida dastlab 2014-yil iyulida xabar berilgan edi.
Izoh (0)