Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan erkakni o‘tkir tig‘li qurol bilan jarohatlangan holda uchratgan yo‘lovchilar shifoxonaga yetkazdi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Hushsiz jabrlanuvchi olib kelingani haqida shifokorlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Bu yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tezkor qidiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Tez orada jinoyatchining shaxsi aniqlashtirilib, u 1965-yilda tug‘ilgan erkak ekanligi oydinlashgan. Hozirda u qo‘lga olingani va tergov organlariga ko‘rsatma berayotgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)