Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga uchish vaqtida halokat uchragan Airbus samolyotining sohibi bo‘lgan Air Asia Indonesia kompaniyasida haftaning shu kunlarida ushbu yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat bo‘lmagan. Bu haqda Indoneziya transport vazirligi vakili ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Bu qoida buzlishi bo‘lgani hozirda ma’lum, chunki parvoz kelishilgan ruxsat doirasidan tashqarida amalga oshirilgan”, − dedi Indoneziya Transport vazirligi havo transporti boshqarmasi bosh direktori Joko Murjamojo.
Avvalroq, aviakompaniyaga ushbu yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirish taqiqlab qo‘yilgani xabar berilgan edi. Bu ushbu parvozlar dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari uchun ruxsat berilgani bilan izohlangan. Biroq, so‘nggi uch oy davomida ushbu reys haftaning faqat chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirib kelingan.
Eng qizig‘i, halokatga uchragan samolyot Surabayada ham, Singapurda ham bir martalik ruxsat olishga muvaffaq bo‘lgan. Shu munosabat bilan Indoneziya Transport vazirligida ichki tekshiruv boshlangan bo‘lib, boshqa aviakompaniyalarga ham kelishilgan vaqtlardan tashqari qo‘shimcha ruxsat berilgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)