Rossiya poytaxti Moskva shahrida shaxmat bo‘yicha T. V. Petrosyan xotirasiga bag‘ishlangan turnir start oldi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
Turnirda jami 64 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqalar Shveysariya tizimi bo‘yicha bo‘lib, 9 turdan iborat.
E’tiborlisi, mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi musobaqalarda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan 9 yashar Javohir Sindorov himoya qilmoqda.
Xotira turniri 12-yanvargacha davom etadi.
Izoh (0)