O‘zbekiston Markaziy banki boshqarmasining 2014-yil 27-dekabrdagi qarori bilan qayta moliyalash stavkasi 2015-yil 1-yanvardan 10 foizdan 9 foizgacha tushirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmatiga asoslanib “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2014-yil 1-yanvardan qayta moliyalash stavkasi 12 foizdan 10 foizga tushirilgan.
Izoh (0)