Jahon bozorida neft narxi so‘nggi 5 yildagi eng arzon darajaga tushishi oqibatida Rossiya rublining keskin qadrsizlanishi kuzatilmoqda, deb xabar berdi “Vesti Ekonomika”.
Dollar kursi 5-yanvar kungi savdo ochilishida 58,95 rublni tashkil etgan bo‘lsa (avvalgi kundan 2,95 rublga qimmatroq), yevro 71,80 rublga teng bo‘lgan (avvalgi kungidan 3,2 rublga ko‘p). Ikki valyutali savatdagi narx 3,06 rublga oshib, 64,76 rublni tashkil etgan.
Tahlilchilar ushbu holatni neft narxining pasayishiga bog‘lamoqda. London birjasida Brent neftining bir barreli narxi 55,54 dollargacha tushgani qayd etilgan. Shuningdek, bu yevro kursi pasayishiga ham olib kelayotgani ta’kidlangan.
Izoh (0)