Ukrainada iste’molda bo‘lgan avtomobillarning 2014-yilda eng ko‘p sotilgan rusumlari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Qayd etilishicha, yakunlangan yilda sotilgan ishlatilgan avtomobillarning 22 foizini “VAZ” mashinalari tashkil etib, reytingda birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Germaniyaning Volkswagen (7,6 foiz) va Opel (5,9 foiz) markalari egallagan.
To‘rtinchi o‘rinda Daewoo (5,2 foiz), beshinchi o‘rinda Renault (4,8 foiz), keyingi o‘rinlarda Mercedes-Benz, Ford, “ZAZ”, Toyota va Chevrolet bormoqda. 2014-yilda ishlatilgan avtomobillarning eng ko‘p sotilgan modellari Daewoo Lanos, “VAZ 2106” va “VAZ 21099” bo‘lgan.
Izoh (0)