Italiyaning Viarejjio shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Karnaval Kubogi” xalqaro turniriga qur’a tashlandi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
67-marta o‘tkaziladigan musobaqa guruh bosqichida Toshkentning “Paxtakor” klubi “Napoli”, “Verona” va AQShning “LIAK Nyu-York” klublari yoshlariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Musobaqada bu safar 1996-yil 1-yanvar va undan keyin tavallud topgan futbolchilar qatnashadi. Bundan yoshi katta uch nafar futbolchining o‘ynashiga ruxsat beriladi. Musobaqa taqvimi 26-yanvar kuni ma’lum bo‘ladi. Turnir 2—16-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)