Roison Electronics kompaniyasi 2015-yil “Jizzax” maxsus industrial zonasida zamonaviy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “12news.uz”ga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Roison’ning “Jizzax”dagi korxonasida yiliga 650 mingta televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinalari, sovutgich (konditsioner), changyutgich, elektr va gaz plitalari ishlab chiqariladi.
Umumiy qiymati 26,6 million dollarga teng bo‘lgan loyiha doirasida 2015-yil 6,45 million dollar o‘zlashtiriladi, 240 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.
2015-yilning oxirigacha ishga tushishi kerak bo‘lgan korxona 325 mingta elektrotexnika mahsulotini ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)