KXDR yetakchisi Kim Chen In avtomobil haydashni uch yoshida o‘rgangan ekan, endi esa Shimoliy Koreya davlat televideniyesida uning samolyot boshqarish malakasini ham egallaganini namoyish etildi, deya xabar bermoqda “Kun.uz” The Telegraph axborotiga tayanib.
30-dekabr, seshanba kuni efirga uzatilgan videolavhada 31 yoshli Kim Chen In dastlab parvozoldi hujjatlarini tekshirayotganini, so‘ng “Antonov-148” samolyoti boshqaruvini qo‘lga olayotganini ko‘rish mumkin.
KXDR nashrlarining yozishicha, samolyotni Kim Chen Inning o‘zi uchirib, o‘zi qo‘ndirgan, yonidagi ikki yordamchi esa shunchaki o‘tirgan. Kadr ortidagi ovoz esa Kim Chen Inning mahoratini juda hayajon bilan ta’riflaydi.
http://www.youtube.com/watch?v=3j9S4IMsot8
Kamera, asosan, Shimoliy Koreya rahbarini suratga olgan bo‘lib, uning ikki yordamchisi nima bilan mashg‘ul bo‘lganini payqash oson emas.
Izoh (0)