Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Rossiya, Belorussiya va Qozog‘iston singari to‘laqonli a’zolaridan biriga aylandi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Armaniston qator tovar va xizmatlar bo‘yicha Bojxona ittifoqi uchligi bilan umumiy parametrlarni joriy etadi. Shuningdek, litsenziyalarni o‘zaro tan olish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2016-yilgacha dori vositalari va tibbiyot uskunalarining umumiy bozori tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Armaniston prezidenti Serj Sargsyanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat ittifoqning boshqa a’zolari bilan umumiy chegaralarga ega bo‘lmasa-da, integratsiya tashkiloti doirasida barcha uchun foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoni bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, ittifoqqa 8-maydan kechikmay Qirg‘iziston ham a’zo bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)