AQShning janubi-g‘arbida joylashgan Kentukki shtati hududida kichik samolyot halokati ro‘y berdi va bu halokatdan bir nafar yo‘lovchi, 7 yoshli qizcha omon qoldi. Bu haqda mahalliy politsiyaning ma’lumotiga asoslangan Rossiya nashrlariga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qizcha halokat ro‘y bergan joydan eng yaqin qishloqqacha yurib kelgan va odamlarni yordamga chaqirgan. Lekin Piper PA-34 rusumli samolyot ishtirokida yuz bergan bu aviahalokatda samolyotda bo‘lgan boshqa 4 nafar kishi, uchuvchi va uch yo‘lovchi halok bo‘lgan. Bu yo‘lovchilar qayerga ketayotgani hamda omon qizchaga qanday qarindosh bo‘lgani hali ma’lum bo‘lmagan.
Ayni paytda qizcha shifoxonaga yotqizilgan va voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)