Indoneziya fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Air Asia aviakompaniyasining Surabayadan Singapurga parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha ruxsatnomasini vaqtinchalik olib qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bunday qaror qabul qilinishiga ushbu yo‘nalishdagi parvozlarni amalga oshirish aviakompaniyaga haftaning faqatgina dusahnba, seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirishga ruxsat etilgani bilan izohlangan.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olgan Malayziyaning Air Asia kompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Belitung oroli yaqinida suvga qulab tushgani xabar berilgan edi. Samolyot qoldiqlarini izlash uchun 50 ta samolyot va 30 ta kema jalb qilingan.
Izoh (0)