Yaponiya terma jamoasi futbolchisi Makoto Xasebe Osiyo kubogi boshlanishi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etib, Braziliyadagi salbiy natijalar uchun muxlislar oldida o‘z aybimizni oqlamoqchimiz.
Osiyo futboli saviyasi oshib bormoqda. JChda ishtirok etgan terma jamoalardan tashqari, O‘zbekiston, Qatar, Bahrayn va Iordaniya kabi terma jamoalar bilan o‘yinlar oson bo‘lmaydi. Yaqin Sharq jamoalari kuchayib bormoqda. O‘zbekistonni 5:0 hisobida yutadigan kunlar ortda qolgan. Endi unaqasi bo‘lmaydi, har bir o‘yin og‘ir o‘tadi. Shunga qaramay, biz chempionatda g‘olib chiqishga tashnamiz”, — dedi “Ayntraxt” futbolchisi.
Izoh (0)