Yangi — 2015-yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va chet el yetakchi kompaniyalarining rahbarlari, jamoat arboblari Yurtboshimiz va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilab, o‘zlarining ezgu niyatlari izhor etilgan samimiy qutlovlarini yo‘llashda davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun;
- Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan;
- Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yoichi Miyazava;
- Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Dmitriy Mezensev;
- BMT Bosh kotibining vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markaz rahbari Miroslav Yencha;
- Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Yuriy Shterk;
- G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori Viktor Grishin.
Izoh (0)