O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi bahslarida ishtirok etish uchun 2-yanvar kuni Dubay orqali Avstraliyaning Sidney shahriga uchib ketdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi.
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa BAAning Dubay shahrida bir kunlik mashg‘ulotlar o‘tkazadi va 3-yanvar kuni Avstraliyaning Sidney shahriga uchib ketadi.
Osiyo Kubogida O‘zbekistondan 23 nafar futbolchidan iborat tarkib ishtirok etadi. Musobaqaning to‘liq taqvimi haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning ilk turida 9-yanvar kuni KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Avvalroq KXDR milliy terma jamoasi Osiyo kubogi—2015ga sirli tarzda tayyorlanayotgani, terma jamoaning mashg‘ulot rejasi katta davlat siri hisoblanayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)