Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zining Yangi yil munosabati bilan qilgan telemurojaatida Yevropa birligini Ukrainadagi inqiroz yechilishiga va qonun kuchini tasdiqlashga kalit sifatida qayd etdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Merkelning ta’kidlashicha, Yevropa Rossiyaga qarshi emas, balki Rossiya bilan birgalikdagi xavfsizlikni istaydi. Biroq u Yevropa xalqaro huquqni buzib, kuchga tayanib harakatlanishni yoqlay olmasligini va yoqlamasligini bildirdi.
Germaniya kansleri Rossiya Ukraina sharqida aynan kuchga tayanib harakatlanayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa o‘zining bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda tinchlik tartiboti va o‘z qadriyatlarini himoya qilish uchun yaxlit holda harakat qiladi.
Izoh (0)