Ayollarning eng yaxshi do‘sti – bu qimmatbaho toshlar deb bejizga aytishmaydi. Dunyodagi eng katta olmoslar qanday ko‘rinishga, og‘irlikka ega ekanligiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Demak qimmatbaho toshlar xit-paradini boshlaymiz:
1,2-o‘rinlar. Balki eshitgansiz, eng katta tosh “Kullinan” yoki “Afrika yulduzi” deb nomlanadi. Bu tosh Janubiy Afrika Respublikasida 1905-yilda topilgan. Olmosning sof og‘irligi 3106.75 karat (621.35 g). Kullinan Toshi topilganda ancha katta bo‘lgan, keyin u 9 bo‘lakka bo‘lingan. Ularning eng katta ikkitasi “Afrika katta yulduzi” va “Afrikaning ikkinchi yulduzi” nomini olishdi. Kattasi Qirol Georg VII skipetrini bezab turgan bo‘lsa, ikkinchisi Britaniya tojiga joylangan:
3-o‘rin. Keyingi o‘rinda turuvchi tosh 109,13 g (545,67 karat) keladi. Sayqallanguncha ushbu tosh 755,5 karat o‘girlikka ega bo‘lgan. U ham Kulinan kabi Janubiy Afrikadan topilgan, ammo 80 yil keyinroq. Hozirda bu tosh Tayland qiroliga tegishli.
4-o‘rin. Keyingi faxriy o‘rin “Incomparable” (o’zb. “Qiyosi yo‘q”) nomli tosh bo‘lib, u ham Afrikada Kongodagi tashlandiq shaxta yonidan yosh qizcha tomonidan topib olingan. Boshlang‘ich og‘irligi 890 karat (190 g) bo‘lgan tosh ishlov berilgandan keyin 407,5 karat (81,5 g). Bu tosh o‘z rangidagi toshlar ichida eng og‘iri hamda barcha toshlar bo‘yicha 4-o‘rinni egallaydi.
5-o‘rin. Shohsupaning 5-pog‘onasida “Spirit of de Grisogono” nomli qora tosh egallaydi, Undan oq oltin uyg‘unligida ulkan uzuk yasalgan. Hozirgi og‘girligi 312,24 karat (62,45 g). Hozirda kimga tegishli ekanligi noma’lum.
6-o‘rin. Bu o‘rindagi tosh “The Centenary” deb nomlanib, 273,85 karat (54,77 g) tosh bosadi. O‘tgan asrning 80-yillarida topilgan ushbu tosh ham hozirda hozirda kimga tegishli ekanligi noma’lum.