KXDR milliy terma jamoasi Osiyo kubogi—2015ga sirli tarzda tayyorlandi. Shimoliy koreyaliklarning tayyorgarlik rejasi, joyi va o‘rtoqlik o‘yinlari mutlaqo sir saqlandi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Koreyaliklar keyingi hafta boshida Avstraliyaga yetib boradi. Terma jamoaning mashg‘ulot rejasi katta davlat siri hisoblanib kelindi. Bir narsa aniq: KXDR hozirda, Avstraliyaga yo‘l olishdan avval Xitoyning Xaynan provinsiyasida yig‘in o‘tkazmoqda.
Boshqa 15 ta terma jamoa o‘zining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va o‘rtoqlik o‘yinlarini OAVdan yashirmagan.
KXDR bosh murabbiyi Yun Chjong Su Osiyo o‘yinlarida hakamni haqorat qilgani uchun OFK tomonidan bir yilga diskvalifikatsiya qilindi. U rasmiy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. U mashg‘ulotlarda ishtirok etishi mumkin, ammo zaxira o‘rindig‘ida o‘tira olmaydi. Shu bois Chjo Dong Sob bosh murabbiy etib tayinlandi.
JAR—2010da shimoliy koreyaliklar terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun yollangan “muxlislar” xizmatidan foydalangandi. Ular bir xil kiyingan xitoyliklarni muxlis sifatida yollagandi. Bu safar ular qanday reja ishlab chiqqani hozircha noma’lum.
KXDRning Osiyo kubogi—2015dagi ilk o‘yini 10-yanvar kuni O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)