Bayram kunlarida Toshkent shahrining ba’zi qismlarida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.
Poytaxt hokimining farmoyishiga ko‘ra, Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning bayram kunlari mazmunli hordiq chiqarishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
– Sh. Rashidov ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
– Furqat ko‘chasining Navoiy ko‘chasidan A. Qodiriy ko‘chasigacha;
– A. Donish ko‘chasining TXAYdan Yunusota ko‘chasigacha bo‘lgan qismlarida 2014-yilning 29-dekabridan 2015-yil 8-yanvarigacha soat 15:00 dan 23:00 ga qadar;
Navoiy ko‘chasining Shayxontohur ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 2014-yilning 30-dekabridan 2015-yilning 1-yanvar kunigacha soat 9:00 dan soat 16:00 ga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.
Shuningdek, 2014-yil 29-dekabridan 2015-yilning 8-yanvariga qadar yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan Yashnobod tumanidagi “Markaziy ofitserlar uyi”, Bektemir tumanidagi “Quyosh nuri” bog‘i, Sergeli tumanidagi “Sergeli Landiya” savdo markazi, Chilonzor tumanidagi “Royson Elektroniks” korxonasi old maydonlariga tutash ko‘chalarda xalq sayllari o‘tkazilayotgan paytlarda vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovini vaqtincha to‘xtatishga ruxsat etiladi.
Harakat xavfsizligi taqozo etganda boshqa ko‘chalarda ham qisqa muddatga transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.
Izoh (0)