Audi kompaniyasi o‘zining rivojlanishi uchun sarmoyalar hajmini 2 milliard dollarga ko‘paytirdi — yaqin 5 yil ichida bu kompaniya ushbu ishlar uchun 24 milliard yevro sarflaydi. Buning evaziga kompaniya 2019-yilga kelib dunyodagi eng yirik premial avtomobillar ishlab chiqaruvchi BMW kompaniyasini ortda qoldirmoqchi, deb xabar bermoqda “Kun.uz” “Motor.ru”ga tayanib.
Kompaniya ushbu mablag‘ning 70 foizini yangi modellar va texnologiyalarni, misol uchun, gibridli dvigatellarni ishlab chiqarishga yo‘naltirishni mo‘ljallamoqda. Bundan tashqari, Audi 2018-yilda BMW i va Tesla kompaniyalarining elektrokarlariga raqobatni tashkil qila oladigan ikkita to‘liq elektr energiyasida ishlovchi modelni bozorga chiqarmoqchi. 2020-yilga kelib, Audi o‘zining modellari qatorini 50 tadan 60 ta mashinagacha kengaytirishni mo‘ljallagan.
Mablag‘ning yarmidan ko‘pi Audi’ning Germaniyadagi Ingolshtadt va Nekkarzulm shaharlaridagi asosiy korxonalarini modernizatsiyalash uchun sarflanadi. Bundan tashqari, kompaniya bir milliard yevro atrofidagi mablag‘ni o‘zining Meksikadagi zavodiga ajratadi: bu yerda 2016-yildan Q5 krossoveri ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)