Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistondagi IIN-3M tadqiqot reaktorining nurlantirilgan yadro yoqilg‘isini Rossiya Federatsiyasiga keltirish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi federal qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Ushbu federal qonun Rossiya Davlat dumasi tomonidan 2014-yil 19-dekabr kuni qabul qilingan bo‘lsa, Federatsiya kengashi tomonidan 2014-yil 25-dekabr kuni ma’qullangan.
Bitim O‘zbekistonning IIN-3M tadqiqot reaktori uchun Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori darajada to‘yintirilgan yadro yoqilg‘isini qayta ishlash uchun Rossiyaga olib o‘tishni ko‘zda tutadi.
Toshkent yaqinida joylashgan “Foton” AJga tegishli IIN-3M reaktorining yadro yoqilg‘isini Rossiya Federatsiyasiga olib o‘tish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 9-aprel kuni Moskvada imzolangan.
Izoh (0)