Yangi yil arafasida Toshkent ko‘chalarida harakatlanayotgan avtobuslarning birida qorbobo kiyimini kiygan chipta sotuvchisi paydo bo‘ldi. Bu haqda “Uz24.uz” saytiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebitel” (“Iste’molchi”) guruhi a’zolaridan biri uning suratini guruhga joylagan. Guruhning boshqa bir ishtirokchisi o‘z izohida yozishicha, bugun, 30-dekabr kuni 51-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi avtobusning haydovchisi va chipta sotuvchisi qorbobo kiyimini kiyib olgan.
Ayni vaqtda Yangi yil bayrami butun Respublika bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida bayram tantanalari boshlangan. “Turkiston” saroyida esa “Prezident archasi” tomoshalari davom etmoqda.
Izoh (0)