Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF), “Katta dubulg‘a” turnirlari, Devis kubogi, ATP turnirlari va WTA ayollar musobaqalarining tashkilotchilarining Londonda an’anaviy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Ushbu yig‘ilishda tennis hakamlariga beriladigan eng oliy mukofot − “Hakam oltin belgisi”ni (Gold Badge Referee) o‘zbekistonlik 32 yoshli hakam Andrey Kornilovga topshirish haqida bir ovozdan qaror qabul qildi.
Qayd etilishicha, Osiyo qit’asida ushbu nufuzli sovrin hozirgacha faqat uch nafar hakamga − Hindistonning ikki va Gonkongning bir vakiliga berilgan.
Izoh (0)