Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlari, olis ovullarida o‘tkazilayotgan ana shunday shodiyonalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga bayram sovg‘alari topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Nukus shahri markazida qad rostlagan baland archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, ezgulikka chorlovchi turli ertak qahramonlari bolajonlarga bayram shodiyonalarini ulashmoqda.
“Yangi yil bayrami arafasida ko‘p sovg‘alar oldik, — dedi Xo‘jayli tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Umida Ismoilova. — Mehribonlik uyida voyaga yetayotgan bo‘lsak-da, davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli hech narsadan kamimiz yo‘q, kelajagimizdan ko‘nglimiz to‘q. Bunday otalarcha g‘amxo‘rlikdan juda mamnunmiz”.
Ko‘ngillari shodlikka to‘lgan bolajonlar archa atrofida ertak qahramonlari bilan birga raqs tushib, Vatan, bolalik haqida qo‘shiqlar kuyladi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M. Erniyazov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)