Moskvadagi Uch vokzal maydonida raqsga tushgan politsiyachi Rossiya Ichki ishlar vazirligining Yangi yil roligi uchun suratga tushgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda LifeNews telekanali.
https://www.youtube.com/watch?v=H7ue9eaTP6U
Politsiya xodimi Farel Uilyamsning Happy qo‘shig‘ining IIV xori tomonidan kuylangan kaver-versiyasiga raqsga tushgani tasvirlangan havaskor video internetda paydo bo‘lgan edi. Guvohlar suratga olish jarayonining bir qismini videoga olgani ma’lum bo‘ldi.
Vazirlik ushbu rolikni Yangi yil arafasida chiqarishni rejalashtirgan. Raqsga tushgan politsiya xodimining o‘zi esa Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlar Ashula ansambli solisti ekanligi qayd etilgan.
Izoh (0)