Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida unga “Vedomosti” gazetasini sotib olishni taklif qilishganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
“Yo‘q, buni har doim taklif qilishlariga qaramay gazetani sotib olishni o‘ylamaganman. Men bunda o‘zim uchun ma’no ko‘rmayapman. Ikkinchidan, deyarli boshqa hech narsani sotib olishni istamayapman”, − dedi asli o‘zbekistonlik milliarder. “Vedomosti” gazetasidagi o‘zining 33 foizlik ulushini sotish ehtimolini 2013-yil kuzida Finlandiyaning Sanoma mediaxoldingi ma’lum qilgan edi.
Sanoma gazetani The Wall Street Journal ta’sischisi hisoblangan Dow Jones hamda The Financial Times muassisi FT Group bilan hamkorlikda chop etadi. Gazetani sotib olishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida Mixail Proxorovning Oneksim guruhi, investor Piter Gervi va Qiwi to‘lov tizimi aksiyadori Boris Kim ko‘rsatilgan.
Izoh (0)