Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri to‘rt avtomobil tunda svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamay o‘tgani qayd etilgan videolavhani tarmoqqa chiqardi.
Toshkentdagi Chimkent yo‘li ko‘chasida avtomobil videoregistratori orqali tasvirga olingan videolavhada svetoforning qizil chirog‘i yonib turgan vaqtda dastlab bir avtomobil nazorat chizig‘idan o‘tib to‘xtagan. Keyin esa ikki avtomobil qizil chiroqqa to‘xtamay o‘tib ketgan, jumladan ulardan biri qarama-qarshi yo‘nalishda ham harakatlangan. Birozdan keyin yana ikki avtomobil qizil chiroqqa to‘xtamasdan o‘tib ketgan.
Avtomobillar haydovchilarining ushbu harakatlari guruh foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘lgan.
Qayd etish lozimki, ushbu qoidabuzarliklar kuzatuv kameralari o‘rnatilgach sodir etilsa, uning ishtirokchilari jami 1 937 430 so‘m miqdorida jarima to‘lashlariga to‘g‘ri kelar edi. Ya’ni, qizil chiroqqa to‘xtamaganlik uchun eng kam ish haqining 2 baravari (215 270 so‘mdan) miqdorida jami 861 080 so‘m, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanganlik uchun esa eng kam ish haqining 10 baravari − 1 0765 350 so‘m miqdorida jarima to‘lanishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)