Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida o‘zi urib ketgan piyodalarga yordam ko‘rsatmay qochgan haydovchi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Qayd etilishicha, 37 yoshli ayol o‘zining 14 yoshli o‘g‘li bilan tuman ko‘chalaridan birida yurganda, ularni avtomobil urib ketgan.
Mashina haydovchisi jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish o‘rniga voqea joyidan qochib qolgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tez orada huquqbuzarni qo‘lga oldi. U 1989-yilda tug‘ilgan yigit bo‘lib chiqdi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)