Navoiy viloyatining Navbahor tumanida joylashgan o‘rta maktablardan birining o‘qituvchilari va boshqa xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga berilgan ariza asosidagi tekshiruvlar ushbu maktab direktori va bosh hisobchisining kirdirkorlarini fosh qildi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Dastlab birinchi nikohidagi farzandlari uchun aliment to‘lashini aytib direktor nomiga ariza asosida bir oylik maoshini oldindan olgan hisobchi rahbar ayol mehnat ta’tiliga chiqayotganda unga bu holatni sog‘liqni tiklash maqsadida deb rasmiylashtirish orqali moddiy yordam olishi mumkinligini taklif qiladi. Qator hujjatlarni buzgan holda ular direktor ayolning plastik kartochkasiga 900 ming so‘m o‘tkazib oladi. Keyingi ta’tilda ham direktor hisobiga 1 million so‘m o‘tkaziladi.
Bundan qanoatlanmagan sheriklar endi xodimlar maoshiga qo‘shimcha haq yozib, keyin tegishli summani olib qolish evaziga pul o‘marishni boshlaydi. Shuningdek, hisobchi aliment to‘lashi uchun maktab jamg‘armasidan pul ajratib beriladi. 2013-yil kuzdan 2014-yil aprelgacha direktor va hisobchi jami 11 million so‘mdan ortiq mablag‘ni davlat byudjetidan o‘margani ma’lum bo‘ldi. Ular jinoiy javobgarlikka tortilib, o‘marilgan pullarni qaytarishiga ham to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)