Bugungi taomnomada — ananasli tovuq
Ushbu taomni tayyorlash uchun taxminan 50 daqiqa vaqt va 7132 so‘m talab etiladi.Zarur masalliqlar:
- 150 g tovuq go‘shti (ko‘krak qismi)
- 50 g konservalangan ananas halqalari
- 100 ml ananas sharbati
- 100 g qaymoq
- 0,5 bog‘ rukkola
- o‘simlik yog‘i
- tuz
- murch
Tayyorlanishi:
1. 150 g tovuq go‘shtiga tuz, murch sepib gril tovada qovurib olamiz (bunday tovani Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilish mumkin).2. So‘ng uni 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa davomida pishiramiz.
3. Endi sousni tayyorlaymiz. Buning uchun 100 ml ananas sharbatini idishga solib, olovga qo‘yamiz va quyilgunicha qaynatamiz, so‘ng ustiga 100 g qaymoq, tuz va murch solib yana bir qaynatib olamiz va olovni o‘chiramiz.
4. Garnirni tayyorlaymiz. Avval 50 g konservalangan ananas halqalarini olib, gril tovada qovuramiz.
5. Keyin uni 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada 5—10 daqiqa davomida pishiramiz.
6. Likopcha olib, unga pishgan tovuq go‘shtini kesib, solamiz.
7. Yoniga garnirni qo‘yamiz.
8. Ustidan sous quyib, 50 g rukkola bilan bezaymiz.
Taom tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu taomni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 29-dekabr holatiga keltirilgan.Gril uchun mo‘ljallangan tovani (FU-478 AGMA, 28 sm) Korzinka.uz supermarketlaridan 116 990 so‘mga xarid qilish mumkin.
Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi Affresco qahvaxonasi va shaxsan bosh oshpaz Irena Purseladzega minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida sudak balig‘ini oshqovoq bilan pishiramiz va boshqa taomlar bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)