Malayziyaning Air Asia aviakompaniyasiga qarashli samolyotning bo‘laklarini qidirish ishlariga 30 ta kema va 50 ta samolyot jalb etildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Ushbu ma’lumotni bedarak yo‘qolgan yo‘lovchilarning qarindoshlari bilan uchrashuv chog‘ida Indoneziya vitse-prezidenti Yusuf Kalla e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olgan Malayziyaning Air Asia kompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Belitung oroli yaqinida suvga qulab tushgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)