Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilda 11 ming dona Prezident sovg‘alari tayyorlanib, mazkur sog‘alar Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari, “SOS” – bolalar mahallasi, Go‘daklar uyi, oilaviy bolalar uyi, Muruvvat uylari bolalariga, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlariga beriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Sovg‘alar 12 nomdagi o‘quv qurollari va 14 xil shirinliklardan iborat bo‘lib, bolajonlarga haqiqiy bayram quvonchini ulashadi. Prezident sovg‘alari shu yilning 24−25-dekabr kunlari respublikaning 9 ta viloyatiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi orqali jo‘natildi.
Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlariga 26-dekabr kuni avtotransportda yuborildi. Sovg‘alar shu yilning 29-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarida o‘tkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida tantanali ravishda topshiriladi.
Izoh (0)