O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Sharja shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Iroq terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun BAAning Sharja shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yinning birinchi bo‘limi O‘zbekiston terma jamoasining biroz ustunligida o‘tdi va 13-daqiqada Jamshid Iskanderov penaltidan hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning 32-daqiqasida Iroq terma jamoasi ham penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo iroqliklar himoyachisi Ali Bahjat Eldor Suyunov darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi, ammo o‘yinda boshqa gol kiritilmadi. O‘yinning 13-daqiqasida Jamshid Iskanderovning penaltidan kiritgan goli esa uchrashuvda yagona bo‘ldi.
Rejaga ko‘ra, Mirjalol Qosimov jamoasi Iroq terma jamoasiga qarshi 28-dekabr kuni ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv ham Sharja shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. 25-dekabr. Sharja, BAA.
O‘zbekiston - Iroq 1:0.
Gol: Jamshid Iskanderov (13, penalti)
O‘zbekiston: 1. Eldorbek Suyunov, 2. Yegor Krimets, 3. Shavkat Mullajonov, 6. Jasur Hasanov, 7. Aziz Haydarov (14. Javlon Ibrohimov, 46), 9. Igor Sergeyev, 10. Jamshid Iskanderov, 17. Sanjar Tursunov, 18. Timur Kapadze (13. Lutfulla To‘rayev, 46), 19. Vitaliy Denisov (22. Farruh Sayfiyev, 61), 23. Akmal Shorahmedov.
Iroq: 20. Muhammad Hamid, 2. Ahmad Ibrohim, 3. Ali Bahjat, 5. Ali Fayoz (26. Osama Jabbor, 46), 7. Homadi Ahmad (10. Yunus Mahmud, 46), 11. Humam Tariq (9. Ahmad Yasin, 56), 15. Durgam Ismoil, 21. Saad Abdul Amir (16. Jastun Hekmat, 80), 23. Volid Salim, 27. Ali Xusni (19. Mahdi Karim, 46), 29. Abdul Qodir Tariq (24. Amjad Halaf, 46).