“Daryo” nashrining Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikdagi Yangi yilga bag‘ishlangan loyihasi doirasida bayram dasturxoniga tortish mumkin bo‘lgan taomlar retseptini taqdim etib borishda davom etamiz.
Bugungi taomnomada — syomga balig‘i va rukkoladan salat
Ushbu salatni tayyorlash uchun taxminan 20 daqiqa vaqt va 15 765 so‘m talab etiladi.Zarur masalliqlar:
- 1 bog‘ rukkola
- 100 g tuzlangan syomga balig‘i
- 15 g parmezan pishlog‘i
- 100 g cherri pomidori
- 30 ml zaytun yog‘i
- 10 g balzamli sirka
- tuz
- murch
Tayyorlanishi:
1. 1 bog‘ rukkolani yaxshilab yuvib, quritamiz. 100 g cherri pomidorini olib, po‘stidan tozalaymiz va bo‘laklarga bo‘lamiz. Uni rukkola bilan bitta idishga solamiz.2. Ustiga mayda qirg‘ichdan o‘tkazilgan 15 g parmezan pishlog‘ini sepamiz.
3. Salatga 30 ml zaytun yog‘i, 10 g balzamli sirka, ta’bga ko‘ra tuz va murch solamiz. Ularni aralashtirib, likopga solamiz.
4. 100 g syomga balig‘ini yupqa parrak-parrak shaklida kesamiz.
5. Har bir bo‘lakni voronka shaklida o‘raymiz.
6. Baliq bo‘lakchalarini likopdagi masalliqlar ustiga qo‘yib chiqamiz.
Salatimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu taomni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 26-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi Affresco qahvaxonasi va shaxsan bosh oshpaz Irena Purseladzega minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida ananas bilan tovuq pishiramiz va oshqovoqli sudak tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)