Yangi yil bayrami arafasida Samarqand viloyatida urush va mehnat fronti faxriylariga davlat rahbarining sovg‘alari topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“Yangi yil bayrami arafasida viloyatimizda istiqomat qilayotgan 800 nafardan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va 1941—1945-yillarda front ortida mehnat qilgan faxriylar Prezidentimiz sovg‘alarini oldi”, — dedi “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Hasan Normurodov.
Bayram sovg‘alarini viloyat, tuman va shahar hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari nuroniylar xonadoniga borib topshirdi. Ularning holidan xabar olib, ezgu tilaklar bildirdi.
Izoh (0)